19 Mart 2024 yil 444

Qarshi shahrining ayrim ko‘chalarida transport vositalari qatnovi vaqtincha cheklanadi.

Qarshi shahar hokimining 2024 yil 19 mart kunidagi 19-4-69-F/24-sonli farmoishiga asosan Qarshi shahrida “Navro‘z” umumxalq bayrami tantanalarini o‘tkazish jarayonida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida Qarshi shahrining ayrim ko‘chalarida transport vositalari qatnovi vaqtincha cheklanadi.

 

“Navro‘z” umumxalq bayrami tantanalarini o‘tkazish munosabati bilan 2024-yil 19-mart soat 22:00dan 2024-yil 20 -mart kuni soat 22:00ga qadar Mustaqillik shoh ko‘chasining “Mustakillik - I.Karimov" ko‘chalari kesishgan chorrahasidan "Mustaqillik - Nasaf” (Globus) ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha avtoqatnov yo‘llarida vaqtincha avtomobil harakati cheklanadi.

 

Xavfsizlikni ta’minlash bayramni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish uchun yo‘l harakati qatnashchilaridan cheklovlarni to‘g‘ri qabul qilgan holda, YPX xodimlarining ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilishlarini so‘raymiz.

 

Text to speech