Qarshi shahridagi ta’lim muassasalarining o‘quvchi yoshlari o‘rtasida profilaktik targ‘bot ishlari o‘tkazib kelinmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ichki ishlar organlari
xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 16 avgustdagi
PQ-3216-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, Ichki ishlar
vazirligi Akademiyasiga jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk va intellektual
salohiyatli nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilinishi maqsadida, IIV
Akademiyasi Tashkiliy-shtab faoliyati kafedrasi o‘qituvchisi mayor A.B.Tursunov
hamda Qashqadaryo viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan
ta’minlash xizmati boshlig‘ining kadrlarni tayyorlash bo‘yicha yordamchisi
podpolkovnik U.Abdusalomovlar tomonidan Qarshi shahridagi ta’lim
muassasalarining o‘quvchi yoshlari o‘rtasida profilaktik targ‘bot ishlari
o‘tkazib kelinmoqda.
Xususan, o‘tkazilgan targ‘ibot
ishlari davomida IIV Akademiyasining bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga
nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi, akademiyada
kursantlar bilan olib borilayotgan interfaol ta’lim yo‘nalishlari va yaratilgan
qulay shart-sharoitlar to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi. Uchrashuvda
o‘quvchi yoshlarning qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.