25 Sentyabr 2024 yil
344
Qarshi shahridagi Korxonalarni sog‘lomlashtirish va xususiylashtirish klinikasida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining fuqarolar bilan ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqot tarzda o‘tgan sayyor
qabulda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari,
polkovnik Baxtiyor Rajapov fuqarolarning
sakkizta murojaatlarini tingladi.
Ichki ishlar organlari tomonidan olib
borilayotgan tergov va surishtiruv ishlariga oid, ishga tiklash hamda boshqa
murojaatlarning bo‘yicha ikkita murojaat muallifiga huquqiy tushuntirishlar
berildi.
Tadbirda o‘rganish uchun muddat talab
qiladigan oltita murojaatlar ro‘yxatga va alohida nazoratga olinib, belgilangan
muddat va reja asosida hal etish choralari ko‘rilmoqda.
Jamiyatda fuqarolarning kundalik turmush
tarzida uchrayotgan maishiy va boshqa muammolarini hal etish borasidagi ishlar
davom ettirilmoqda.