Qarshi shahridagi “qizil” toifadagi mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda
Shaharning “qizil” toifadagi Cho‘lquvar mahallasida “Yo‘l xaritasi” asosida ijtimoiy profilaktika tizimi yo‘lga qo‘yilib, hududdagi ta’lim muassasalari, ko‘chalar, shuningdek jinoyat sodir etilishi ehtimoli yuqori bo‘lgan manzillarda kameralar o‘rnatilmoqda. Jarayonda ko‘ngilochar maskanlar, tungi klublar atrofida o‘rnatilgan videokameralar ishlash jarayoni ko‘zdan kechirilmoqda. “Namunali xavfsiz ko‘cha” va “Namunali xavfsiz yo‘lak”larni tashkil qilish, ichki ishlar va milliy gvardiya hamda hamkor tashkilotlarning mas’ullariga fuqarolarni xonadonlari qo‘riqlovini pultga topirish yuzasidan targ‘ibot ishlarini ham olib borilib, ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘lagiga Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan tashvish tugmalari o‘rnatilmoqda. Jarayonda savdo do‘konlari, fuqarolar gavjum to‘planadigan maskanlarda videokameralar o‘rnatish hamda vaziyatni nazorat qilish uchun profilaktika inspektori va ichki ishlar boshqarmasi vaziyatlar markaziga integratsiya qilish choralari ko‘rilmoqda. Mahallada jinoyatlarni oldini olish maqsadida markaziy avtomobil qatnov yo‘li yoqasiga (SOS) tezkor chaqiruv tugmasi o‘rnatilib, ishchi holatga keltirildi.
Yo‘l xaritasi doirasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.