26 Fevral 2024 yil 287

Qarshi shahridagi “Yoshlar markazida” viloyat IIB sohaviy xizmatlari va shahar-tuman IIB xodimalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

Ichki ishlar organlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning intellektual salohiyatini yanada oshirish, dunyoqarashini yuksaltirish hamda ular o‘rtasida jamoaviy muhitni shakillantirish maqsadida o‘tkazilgan intellektual o‘yinda jami 5 ta jamoa ishtirok etdi.  Qizg‘in bahs-munozaraga boy bo‘lgan  musobaqada barcha jamoalar g‘oliblik uchun bor mahorat va intellektual bilimlarini ishga solib kurashdilar.

Musobaqa natijalariga ko‘ra, boshqarma soha xizmatlaridan tarkib topgan xotin-qizlar “Femida” jamoasi jamoasi 1-o‘rinni,  Koson, Kasbi, Muborak tumanlari IIB lari xodimalari "To’maris” jamoasi 2-o‘rinni, Qarshi shahar IIO FMB “Qalqon” jamoasi esa 3-o‘rinni band etdi.  G‘olib jamoalar viloyat  IIB rahbariyatining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi

Text to speech