Qarshi shahrida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi munsabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri” shiori ostida viloyat ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intelektual o‘yini tashkil etildi.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tarkibiy bo‘limlar va sohaviy xizmatlari hamda shahar tuman ichki ishlar bo‘limlari xodimlaridan iborat jamoalar mamlakatimiz Qurolli kuchlari tashkil etilishi, harbiy jangovar qudrati, bu borada ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, “Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” tamoyiliga oid savollarga javoblar izlashdi.
Qizg‘in bahs va munozaralar asosida bo‘lib o‘tgan “Zakovat” intelektual o‘yini yakuniy natijalariga ko‘ra, Koson tumani IIB jamoasi mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni esa Qarshi shahar IIO FMB va Chiroqchi tumani IIB jamoasi band etdi.
G‘oliblar Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasining diplomi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.