Qarshi shahrida tungi xizmatga jalb etilgan xodimlar bilan yo‘riqnoma o‘tkazildi
Viloyat IIB boshlig‘ining
o‘rinbosari, polkovnik A.Allanazarov, Qarshi shahar IIO FMB boshlig‘i,
polkovnik F.Ibragimov va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari
tomonidan shaharda tungi vaqtlarda sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va
jinoyatlarni oldini olish, jamoat va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash
maqsadida sohaviy xizmatlari va Milliy gvardiya xodimlariga xizmat oldi yo‘riqnoma
o‘tkazdi.
Unda jinoyatchilik va
huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, ayniqsa og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni
sodir etilish sabab va omillarini aniqlab, bartaraf qilishda mahallaning tutgan
o‘rni juda muhimligi ta’kidlab o‘tildi.
Yo‘riqnomada
xodimlarga xizmat intizomi va qonunchilikka qat’iy amal qilgan holda xizmat
olib borishlarini ta’kidlanib, fuqarolarning tinchligi, osoyishtaligi, jamoat
va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida aniq topshiriqlar berildi.