Qarshi shahrida sodir etilgan jinoyatlar muhokama etildi
Muhokamada Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Baxtiyor Rajapov, sektor rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘ini faollari, profilaktika inspektori hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olganlar sodir etilgan jinoyatn yuzaga keltirgan shart-sharoitlar va omillarni atroflicha tanqidiy-tahlil etdi.
Yig‘ilishda sodir etilgan jinoyatni yuzaga keltiruvchi shart-sharoitlar va omillar tahlil etilganda mahallada fuqarolarning kundalik tashvishi va dardu muammolari bilan shug‘ullanishi lozimligi ishtirokchilarga uqtirildi.
Sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan sektor rahbarlari, mahalla yettiligi “fuqarobay” va “xonadonbay” ishlarni yanada jonlantirishi, vaqtida profilaktik ishlarni amalga oshirish, fuqarolar bandligini ta’minlash uchun yo‘l xaritasi ishlab chiqib, faoliyatni reja asosida olib borish majburiyati yuklandi.