Qarshi shahrida respublikaning barcha hududida yashovchi 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogining final musobaqalari bo‘lib o‘tdi
Mamlakatimizda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yoshlar o‘rtasida sport musobaqalarini ommalashtirish orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan voleybol musobaqalarining viloyatlar bosqichlarii qizg‘in ruhda o‘tdi. Unda g‘olib bo‘lgan 14 ta jamoalar joriy yilning 1-8 mart kunlari Qarshi shahrida musobaqaning final bosqichida ishtirok etishdi.
Qizg‘in va murosasiz o‘tgan
musobaqada Qashqadaryolik yosh voleybolchilari barcha raqiblarini dog‘da
qoldirib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Sirdaryo viloyatining voleybolchi jamoalari
band etishdi.
G‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirining
diplomi, medal va qimmatbaho sovg‘alari
bilan taqdirlandilar.