Qarshi shahrida Prezident Administratsiyasi topshirig‘i asosida Respublika ishchi guruhi viloyat mas’ullarining ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi
Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar va boshqa vazirliklar hamda aloqador idoralar, banklar mas’ullari, Prezident Xalq qabulxonasi vakillari, viloyat sektorlar rahbarlari, viloyatdagi korxona va tashkilotlar mutasaddilari fuqarolarning huquqiy, ijtimoiy-maishiy muammolari, bandligini ta’minlashga oid murojaatlarini tingladi.
Qarshi shahar, Mirishkor va Qarshi tumanlari
fuqarolari ishtirok etgan qabulda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i,
3-sektor rahbari polkovnik Abduvoxid Ismoilov bir guruh fuqarolarning ichki
ishlar organlari tomonidan olib borilayotgan tergov, tezkor qidiruv va
profilaktika xizmati xodimlari olib borilayotgan surishtiruv va tergov
harakatlariga oid muammolarini tinglab, yechimini topish choralari
ko‘rildi.
Ommaviy sayyor qabulda bo‘lgan 29 nafar
fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 8 ta muammolar joyida hal etildi. o‘rganish
uchun vaqt va mablag‘ talab etadigan 15 ta murojaatlar nazoratga olindi. Ba’zi
murojaatchilarga huquqiy tushuntirish berildi.
Jarayonda O‘zbekiston Respublikasining ilk fuqarolik hujjatini olayotgan
yoshlarga ID-kartalari tantanali ravishda topshirildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.