12 Iyun 2025 yil 2740

Qarshi shahrida PQ-1-sonli qaror ijrosi muhokama qilindi

Qarshi shahri hokimligida davlatimiz rahbarining PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari Akmal Sayfitdinov, Qarshi shahri hokimi Normo‘min Xolboyev, shahar prokurori Sobir Temirov, IIO FMB boshlig‘i Farrux Ibragimov, tegishli idoralar vakillari hamda “qizil” toifadagi mahallalar yettiligi ishtirok etdi.

Yig‘ilishda PQ-1-sonli qaror asosida tasdiqlangan yo‘l xaritasining ijrosi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi. Mahalla yettiligiga tegishli bandlar ijrosi bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi, javobgar mas’ullar biriktirildi.

Shuningdek, mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar yo‘l xaritasining Qarshi shahriga tegishli bandlar ijrosi ham ko‘rib chiqildi. Har bir band bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Text to speech