6 Yanvar 2025 yil 702

Qarshi shahrida IIV “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyati Qashqadaryo viloyati Kengashining tavqimiy rejasiga asosan sportning “Shaxmat” va “Shashka” turi bo‘yicha musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada Qashqadaryo viloyati IIB va Bojxona boshqarmalari, 7533-, 37837-sonli harbiy qismlar, JIED 4-Mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi, Qashqadaryo viloyati Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmsi, Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodim va xodimalari ishtirok etishdi.
Soha xodimlarining aqliy qobiliyati va fikrlash doirasini kuchaytirish maqsadida o‘tkazilgan musobaqada jamoalar bor mahorat va tajribalarini ishga solib g‘oliblik uchun kurashdilar.
Murosasiz bahslarga boy kechgan musobaqaning shaxmat yo‘nalishida shaxsiy birinchilikni 1-o‘rinni IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimi, safdor Aliqulov Jamshid qo‘lga kiritdi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni IIV JIED 4-Mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi xodimi, mayor Sherali Xudoynazarov va IIV QQ 7533-harbiy qism harbiy xizmatchisi, kichik serjant Alizoda Yozaliyev band etdi.
Shashka yo‘nalishida esa 37837-harbiy qism harbiy xizmatchisi, kichik serjant Jonibek Murodov faxrli birinchi o‘rinni band etdi. 2-o‘rin IIV JIED 4- Mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi xodimi, podpolkovnik Bahron Eshto‘xtarovga va 3-o‘rin Qarshi tuman IIB JXX HPB probatsiya guruhi katta inspektori, kapitan kapitan Laziz Tog‘ayevga nasib etdi.
Xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan shashka musobaqasida 37837-harbiy qism harbiy xizmatchisi, kichik serjant Nodira Kattamovaga teng keladigan raqib topilmadi. IIV JIED 4- Mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi xodimi, kichik serjant Madina Kattamova va viloyat Bojxona boshqarmasi xodimi, leytenant O‘g‘iloy Qo‘chqorovalar keyingi sovrinli o‘rinlarni band etishdi.
Umumjamoa hisobida esa 1-o‘rinni 37837-harbiy qism terma jamoasi, 2-o‘rinni Qashqadaryo viloyati IIB, 3-o‘rinni IIV JIED 4- Mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi terma jamoalari vakillari qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar Kengashning diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech