Qarshi shahrida ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i, podpolkovnik Hotam Qodirovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, manfaatlarini himoya qilish eng ustuvor vazifaga aylandi. Shu bois odamlarning muammolarni bartaraf etish, ularni qiynayotgan kundalik va maishiy yumushlarni bartaraf etish, pirovardida odamlarni hayotdan rozi qilish bugungi kunning dolzarb masalasiga aylandi.
Fuqarolarni muammolarini tinglash va masalalarni o‘rganish hamda hal qilish maqsadida Qarshi shahrida ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i, podpolkovnik Hotam Qodirovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabulda fuqarolarning ichki ishlar organlarining profilaktika, tergov xizmati xodimlari tomonidan olib borilayotgan surishtiruv va tergov harakatlari hamda boshqa masalalarga oid 32 ta murojaatlari qabul qilindi. Murojaatlarning 23 tasi joyida hal etildi. Ayrim fuqarolarga muammosi bo‘yicha boshqa organga murojaat etishlari yuzasidan tegishli huquqiy tushunchalar berildi. Qolgan 9 ta murojaatlar o‘rganish uchun mablag‘ va vaqt talab etishi tushuntirilib, tegishli mutasaddi idoralarga yuborildi va ijrosi nazoratga olindi.
Murojaatlari ijobiy yechim topgan fuqarolar Sayyor qabul shaffof, oshkora va ochiq, odilona o‘tkazilgani uchun muhtaram Prezidentimizga, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bayon etdi.
Ko‘lami keng sayyor qabul yakunida fuqarolardan tushgan murojaatlar jamlanib, tahlil etildi va sektorlar rahbarlariga ro‘yxatga olingan muammolarni bartaraf etish majburiyati yuklandi.
Sayyor qabul vohaning shahar va tumanlarida davom etmoqda.