26 Noyabr 2024 yil 521

Qarshi shahrida “25 noyabr - Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan profilaktik tadbir tashkil etildi.

Qarshi shahrida “25 noyabr - Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan profilaktik tadbir tashkil etildi. Unda IIV Akademiyasi, Reabilitatsiya markazi, viloyat IIB JXX HPB XQMB inspektorlari ishtirokida “Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarga oid me’yoriy huquqiy hujjatlar bilan ishlash tartibi va va amaliyotga joriy etish mexanizmlari” bo‘yicha o‘quv seminar tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari, Qashqadaryo viloyati IIB JXX XPB XQMB katta inspektorlari va Reabilitatsya markazi xodimlari ishtirok etishdi.
Seminarda ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlariga idoralararo munosabatning milliy tajribasiga oid fikr-mulohazalar o‘rtaga tashlanib, o‘zaro tajriba almashildi.

Text to speech