6 Iyul 2024 yil 489

“Qarshi halqaro universiteti”da Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Baxtiyor Rajapov mamlakatmizda o‘tkazilayotgan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida “Aralovul” mahallasi yoshlari bilan uchrashdi.

“Qarshi halqaro universiteti”da Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Baxtiyor Rajapov mamlakatmizda o‘tkazilayotgan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida “Aralovul” mahallasi yoshlari bilan uchrashdi. Unda mahalla “beshligi” bilan hamkorlikda 100 nafarga yaqin uyushmagan yoshlar, oliy o‘quv yurti talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar yoshlarning kiberjinoyatlar qurboniga aylanishini oldini olish hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda yoshlarda “kibergigiyeva”ni shakllantirish, shuningdek ularni “jinoyat ko‘cha”siga kirib qolishlarini oldini olishga qaratilgan ogohlikka chorlovchi tushunchalar, bukletlar va tarqatma materiallari berildi.

So‘ngra, yoshlarga oylik doirasida 13 turdagi tanlovlar o‘tkazilayotganligi, har bir tanlovlarda ishtirok etish shartlari va tartibi to‘liq tushuntirilib, g‘olib va sovrindorlari munosib taqdirlanishi haqida ma’lumotlar berildi.
Tadbirda kKiberjinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘zlarining takliflari bilan tashabbus ko‘rsatgan yoshlar sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Text to speech