2 Dekabr 2024 yil 818

Qarshi shahar huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Ushbu yig‘ilishda shahar prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda hududda qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarni oldini olish va profilaktika qilish borasida 2024-yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy tarzda ko‘rib chiqildi.

Muhokama jarayonida jinoyatchiliklar sodir etilishi bo‘yicha "qizil hudud"ga tushgan mahallalar va jinoyatchilik oshganligi bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi. 

Yig‘ilish tanqidiy yondashuv asosida olib borilib, shahar hududida kelgusida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi. Yig‘ilishda viloyat prokurorining o‘rinbosari M.Baxritdinov ishtirok etdi.

Text to speech