Qarshi shahar hududida sodir etilgan og‘ir turdagi jinoyat bo‘yicha muhokama yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Bugun mamalakatimizda
jinoyatchilikni “mahallabay” jilovlash, aholining kunlik ijtimoiy-maishiy
muammolarini “oilabay” va “fuqarobay” hal etish bo‘yicha yangicha ishlash
tizimi yaratildi. Natijada sektor rahbarlari tomonidan fuqarolarning kundalik
va maishiy muammolari joyida hal etilib,
ortiqcha ovvoragarchiliklarning oldi olinmoqda.
Biroq fuqarolarga davlatimiz
tomonidan yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlarga qaramay ular tomonidan
turli huquqbuzarliklar va jinoyatlar
sodir etish holatlari yuz bermoqda. Yaqinda Qarshi shahrida sodir etilgan og‘ir turdagi jinoyat muhokamasi
bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi, viloyat
hokimligi, prokuratura vakillari va shahardagi sektor rahbarlari, “Qilichbek
Qo‘rg‘oncha” mahallasi yettiligi va fuqarolar ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar
boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Baxtiyor Rajapov
so‘zga chiqib, sarxushlikda sodir etilgan mudhish jinoyatni atroflicha tahlil
etdi.
Jinoyat sayoq yurish, ichkilikka berilish va
takasaltanglik bilan kun kechirish tufayli sabab bo‘lgani tanqid ostiga olindi.
Kunora mahallada kim nima ish bilan mashg‘ulligini faollar yaxshi bilgani,
lekin menga tegma, men senga qabilida yashash tarzida davom etish mudhish
jinoyatni yuzaga kelishiga sabab bo‘lgani tanqid ostiga olindi.
Ishtirokchilarga sodir etilgan har bir
jinoyatning kelib chiqish sabablari va sodir etilishiga imkon yaratib bergan
shart-sharoitlar atroflicha muhokamalarda tushuntirildi. Bunda jinoyatlar va
huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi
organlar va boshqa mutasaddi muassasalarning o‘zaro hamkorligi muhim ahamiyatga
egaligi alohida ta’kidlanib, mas’ullar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.