Qarshi shahar hokimligida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abdivoxid Ismoilov 1-sektor rahbari va tadbirkorlar bilan “Raqamli O‘zbekiston - 2030" strategiyasi borasida amalga oshirilayotgan ishlar borasida uchrashdi
Ko‘lami keng uchrashuvda
so‘z olgan boshqarma boshlig‘i hozirgi vaqtda axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan hayotning barcha jabhalarida shu jumladan, huquq-tartibot
organlari faoliyatida ham jinoyatchilik bilan kurashishda, xavfsizlikni
ta’minlash, jamoat tartibini saqlashda ichki ishlar organlari xodimlari samarali foydalanib
kelinayotgani qayd etdi.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2020 yil 5 oktabr kunidagi “Raqamli O‘zbekiston – 2030”
strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, Qashqadaryo viloyatida raqamli transformatsiya
qilish DASTURI ijrosi hamda shahar va tuman markazlari hududidagi barcha jamoat
joylarida, eng avvalo, maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari,
savdo do‘konlari, har xil turdagi bozorlar va aholi gavjum bo‘ladigan ma’muriy
binolarda so‘nggi rusumdagi videokuzatuv moslamalarini o‘rnatish belgilaganini
ishtirokchilar e’tiboriga yetkazildi.
Tadbirda Qarshi shahar ichki
ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirsh boshqarmasi xodimlari hududlarda
zamonaviy videokuzatuv moslamalari o‘rnatish, shuningdek, jihozlangan
videokuzatuv moslamalarini muntazam ravishda nazorat qilib borishga mas’ulligi
qayd etildi.
Bunda asosiy e’tibor
mahallalarning, ko‘p qavatli uylarning yo‘lagi, atroflari, tibbiyot muassalari,
ommaviy tadbir o‘tkaziladigan obyektlar atroflari, madaniyat va istirohat
bog‘lari, har xil turdagi bozorlar, yirik savdo markazlari - supermarket va
gipermarketlar, mehmonxonalar, diniy muassasalar, masjidlar, ovqatlanish obyektlari,
tungi vaqtda ish olib boradigan bar, diskoteka, saunalar, maktabgacha ta’lim
tashkilotlari, maktablar, oliy ta’lim muassalari, turizm obyektlari, barcha
turdagi banklar, avtoshoxbekatlar, to‘yxonalar egaplari va boshqa jamoat
tashkilotlari o‘z mablag‘lari hisobidan intelektual videokuzatuv tizimlarini
o‘rnatishlari lozimligi tushuntirildi.
Bu borada mas’ullar shahar
hududida mahalla kesimida doimiy ravishda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib
borishi belgilandi.
Shu bilan birga ishlayotgan
videokuzatuv moslamalari nosoz bo‘lgan obyektlarni aniqlash, zarur hollarda
obyekt egalari bilan raqamli videokuzatuv moslamalarini o‘rnatish afzalliklari
yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borishdi.
Joylarda o‘rnatiladigan
videokuzatuv kameralarining parametrlari, sifati va joylashuv nuqtalari
Boshqarma Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash bo‘limi
tavsiyalariga asosan hamda kelishilgan holda amalga oshirilishi belgilandi.
Yakunda tadbirkorlar bilan
intelektual videokuzatuv moslamalari do‘konlariga borilib, kuzatuv
texnikalarining afzalliklari va qulayligi xususida ko‘rgazmali seminar
o‘tkazildi.
Bu
boradagi ishlar davom ettirilmoqda.