15 Oktyabr 2024 yil
575
Qarshi shahar IIOFMBda uzluksiz qoidabuzarlik sodir etuvchi va transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum bo‘lgan haydovchilar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
So‘nggi yillarda Yo‘l harakati qoidalari takomillashtirish va xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari qabul qilinishi, sohaga qaratilgan e’tibor hamda amalga oshirilgan islohotlar o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatmoqda.
Biroq ayrim haydovchilar qoidalarga yetarlicha e’tibor qaratmasdan qoidabuzarlik sodir etgani kamlik qilganidek, spirtli ichimlik iste’mol qilib, avtomashina boshqarayotgani achinarli.
Qarshi shahar IIOFMBda uzluksiz qoidabuzarlik sodir etuvchi va transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum bo‘lgan haydovchilar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Huquqbuzar haydovchilarga xatti-harakatining mohiyati tushuntirilib, profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.