16 Yanvar 2024 yil 1140

Qarshi shahar IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari, jamoat xavfsizlik xizmati boshlig‘ining hisoboti eshitildi

Qarshi shahar xoqimiyatida huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatiga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda xalq deputatlari Qarshi shahar kengashi deputatlari ham ishtirok etishdi. Qarshi shahar IIO FMB boshlig‘ining o‘rinbosari, jamoat xavfsizlik xizmati rahbari Dilshod Mirzayevning hisoboti eshitildi.

Ma’ruzachi jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarga ham batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Joriy yilda kamchiliklarga barham berish, har qanday jinoyatni oldiri olishda birgalikda hamjihatlikda faoliyat olib borishlarini bildirishdi.

Text to speech