Qarshi shahar Ishga marhamat Monomarkazda xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni barvaqt oldini olish, oilalarda ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish,ularning bandligini ta’minlash maqsadida “Hunar va ilm ayolni ulug‘laydi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Qarshi shahar Ishga marhamat Monomarkazda xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni barvaqt oldini olish, oilalarda ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish,ularning bandligini ta’minlash maqsadida “Hunar va ilm ayolni ulug‘laydi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi raxbariyati, boshqarma jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi mas’ul xodimlari, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda “Ayollar daftari” va ichki ishlar organlarida profilaktik hisobda turgan xotin-qizlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olgan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, jamiyatda xotin-qizlarning faolligini oshirish, gender tenglik va ayollar bandligini ta’minlash, ularni turli tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish borasida so‘z yuritdi.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirib kelinayotgan profilaktik tadbirlarda asosiy e’tibor xotin-qizlar o‘rtasida qonunbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida shahar-tuman hokimliklari, hududiy profilaktika inspektorlari va mahalla faollari bilan hamkorlikda ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj 20 nafar “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga o‘zining bandligini ta’minlash maqsadida subsidiya asosida tikuv mashinkalari, 11 nafar xotin-qizlarga esa monomarkazda kasb-hunarga bepul o‘qishi uchun yo‘llanmalar berildi.
Shuningdek, faoliyati davomida zimmasidagi vazifalarni bekamu ko‘st bajarib, jamiyatda ayollarning o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashib fidoyilik namunasini ko‘rsatgan 10 nafar mahalla xotin-qizlar faollari viloyat ichki ishlar boshqarmasining Tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda