1 Noyabr 2024 yil 1085

Qarshi shahar Bolalar musiqa va san’at maktabida “Ayollar jinoyatchiligini oldini olish metodikasi” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.

Qarshi shahar Bolalar musiqa va san’at maktabida “Ayollar jinoyatchiligini oldini olish metodikasi” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda IIV Akademiyasi o‘qituvchisi, viloyat IIB JXX HPB boshlig‘i o‘rinbosari, Qarshi shahar hokimining o‘rinbosari, IIOFMB JXX XQMB katta inspektori va Probatsiya xizmati xodimlari hamda shahar Probatsiya nazoratdagi xotin-qizlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olganlar jamiyatda xotin-qizlarni ularni huquqiy bilimi va dunyoqarashi, faolligini oshirish,tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, oilalarda er-xotin, qaynona-kelin o‘rtasida sodir etilgan nizolarni bartaraf etishda oilaviy qadriyatlardan samarali foydalanib, jinoyatlarni kamaytirish bo‘yicha taklif va mulohazalarni o‘rtaga tashlashdi.
So‘ngra, probatsiya nazoratidagi xotin-qizlar bilan psixologik so‘rovnoma o‘tkazildi.
Savol-javoblar asosida kechgan tadbir ishtirokchilarning huquqiy bilimi va malakasini boyitdi.
Yakunda ishtirokchilarga “Tinchlik qadri” nomli Vatanparvarlik ruhidagi va Qarshi shahar "Osmon guli" MCHJdagi bo‘sh ish o‘rinlari va ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar aks etgan videofilm namoyish etildi.

Text to speech