Qarshi shahar “Beglar” MFYda joylashgan Madaniyat kollejida o‘qituvchi va talabalar ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi
Qarshi shahar
“Beglar” MFYda joylashgan Madaniyat kollejida o‘qituvchi va talabalar ishtirokida
tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Qarshi shahar IIO FMB, Din ishlari bo‘yicha vakil, mahalla
faollari hamda Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi viloyat bo‘limi
xodimlari ishtirok etishdi.
Keng ko‘lamli tadbirda so‘z olganlar kollej o‘quvchilarining
darsga kelib ketishi, mashg‘ulotlardan keyingi bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazishi,
yashash tarzi, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida jinoyatlar va huquqbuzarliklarni
oldini olish borasida ta’lim dargohida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil
etildi.
Tadbirda kollej o‘quvchilarini qamrovga olish, tarbiyasi va
nazoratini mustahkam yo‘lga qo‘yish borasida o‘qituvchilarga tegishli tavsiya va
takliflar bildirildi.
Yakunda ishtirokchilarning
savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.