Harbiylar kiberjinoyatlardan ogoh etildi
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga
qarashli G‘uzor tumanida joylashgan harbiy qismda “Kibermadaniyatni
yuksaltirish oyligi” doirasida navbatdagi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda
viloyat ichki ishlar boshqarmasi Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari, harbiy qism
rahbariyati va harbiy xizmatchilar ishtirok etishdi.
Keng ko‘lamli tadbirda so‘z olgan boshqarma
Kiberxavfsizlik bo‘limi mas’ul xodimi virtual olamdagi kiberjinoyatlar -
telefon qo‘ng‘iroqlari, telegramm ijtimoiy tarmog‘idagi savdo kanallari, OLX
platformasi, moddiy yordam, onlayn kredit, soxta onlayn birja va treyding
faoliyati, qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlardan ogoh bo‘lish
to‘g‘risida ishtirokchilarga atroflicha tushunchalar berdi.
Shuningdek, bugungi kunda vertual olamdagi
kiberjinoyatlar bo‘yicha profilaktik ishlar, bank plastik kartalaridan
mablag‘lar o‘g‘irlanishi va bunga shart-sharoit yaratuvchi omillar,
kiberjinoyatlarni oldini olishga oid tavsiya va takliflar berilib,
ishtirokchilarning savollariga amaliy misollar asosida atroflicha javoblar
berildi.
Virtual olamdagi kiberjinoyatlar bo‘yicha
harbiy xizmatchilarga tushunchalar berilgandan so‘ng, ularning kiberxavfsizlik
borasidagi savodxonligini sinash maqsadadida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi.
So‘rovnomada faol ishtirok etgan harbiy
xizmatchilar sovg‘alar bilan taqdirlandi.