HARBIY SHIFOKORLAR BILAN O‘QUV MASHG‘ULOTI
Qashqadaryo viloyati IIB DPM Tibbiyot bo‘limida IIV Qorovul qo‘shinlari harbiy qismlar Tibbiyot xizmati boshliqlari ishtirokida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va IIVning sohaga oid buyruqlarini o‘qib-o‘rganishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Ko‘lami keng o‘quv mashg‘ulotida ishtirokchilarga ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarini vaqtincha xizmatdan ozod qilish holatlarini rasmiylashtirish, mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi, dispanserizatsiya ishlarini amalga oshirish, harbiy tibbiy komissiyadan o‘tkazish, xizmatga yaroqliligini aniqlash tartiblari hamda harbiy xizmatchilar o‘rtasida mavsumiy kasalliklar hamda bugungi kunda dunyoning ko‘pgina mamlakatlari o‘rtasida sog‘liqni saqlashdagi favqulodda holatga aylangan kasalliklarning etiologiyasi, klinikasi, epidemiologiyasi va profilaktikasi bo‘yicha tushunchalar berildi.
O‘quv mashg‘uloti doirasida Mudofaa vazirligining harbiy gospitalida ishtirokchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, tashxis qo‘yish, jonlantirish bo‘limidagi bemorlar tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish borasida amaliy mashg‘ulotlar o‘tildi.
Ochiq muloqot va savol javoblar asosida kechgan o‘quv mashg‘uloti ishtirokchilarning bilim va tajribasini boyitdi.