2 Iyul 2022 yil 314

HАRBIY XIZMАTCHILАR BILАN TАRBIYAVIY TАDBIRLАR


Davom etayotgan “Intizom oyligi” doirasida Qarshi shahridagi IIV 7256-harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan joriy yilning birinchi yarim yilligida jangovar tayyorgarlik va xizmat intizomiga rioya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda qoʼshin qoʼmondonligi ishchi guruhi, harbiy qism rahbariyati, barcha boʼgʼin komandirlari va harbiy xizmatchilar ishtirok etishdi.
Tadbirda qoʼshin qoʼmondonining oʼrinbosari polkovnik N.Pirmamatov 2022 yil chaqiruvidagi muddatli harbiy xizmatchilar bilan yaqindan muloqot qilib, xizmatda talabchanlikni oshirish, harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy holatini oʼrganish, dunyodagi va mintaqamizdagi harbiy-siyosiy vaziyatni inobatga olgan holda jangovarlikni tashkillashtirish boʼyicha yoʼriqnoma oʼtdi.
Harbiy qism harbiy xizmatchilari oʼrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, korruptsion holatlarga murosasiz boʼlish, harbiy intizom va axloqiy tarbiyani mustahkamlash, shaxsiy xavfsizlik va oilaviy munosabatlarni toʼgʼri yoʼlga qoʼyish borasida ham fikr-mulohazalar oʼrtoqlashildi. Harbiy xizmatchilarning xizmat guvohnomalari, xonalari koʼzdan kechirildi.
Soʼngra, ishchi guruh harbiy xizmatchilarning xonadoniga tashrif buyurib, oilaviy shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Text to speech