“Aralovul” MFYda yashovchi yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Qashqadaryo viloyati IIB
boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Baxtiyor Ro‘zmetboyevich
Rajapovning Qarshi shahar “Aralovul” MFYda yashovchi yoshlar bilan ochiq
muloqot tarzida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda mahalladagi uyushmagan
yoshlar, qolaversa, oliy ta’lim muassasalari talabalari va maktab o‘quvchilari
ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida
yoshlarni turli yod g‘oyalar ta’siriga tushishi oldini olish, shuningdek,
ularni “jinoyat ko‘cha”siga kirib qolishlarini oldini olishga qaratilgan
ogohlikka chorlovchi maxsus videorolik namoyish etildi.
Uchrashuv davomida
yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi. Shu bilan birga,
yoshlarda ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarda aniqlangan muammolarni qisqa
fursatlarda ijobiy hal etish bo‘yicha “Yo‘l xarita” doirasida mutasaddi
tashkilotlar bilan hamkorlikda zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi.
Yig‘ilish so‘nggida,
polkovnik B.R.Rajapov tomonidan mahalladagi faol yoshlarga “Kitob – eng yaqin
do‘sting” shiori ostida kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi.