21 Mart 2024 yil 439

Har kunimiz Navro‘zdek go‘zal, fayzli va mazmunli bo‘lsin!

Navro‘z - bahor va tabiatning uyg‘onishi, sharqona yangi yilning boshlanishi. Shu bois, Navro‘zi olamni ko‘tarinki ruh va katta shodiyona bilan nishonlash azal-azaldan el-yurtimiz uchun go‘zal an’anaga aylangan.

Mamlakatimizda shuning uchun Navro‘z umumxalq bayrami bu yil «Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!» degan g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida ko‘tarinki ruh va yuksak saviyada nishonlanmoqda.

Navro‘zi olamning ruhi va falsafasida mujassam bo‘lgan yaxshilik va bag‘rikenglik, ahillik va hamjihatlik, atrof-muhitni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash kabi olijanob g‘oyalar Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tarixiy o‘zgarishlarning maqsad va mazmuniga to‘la hamohangdir.

Mana shunday yangilanish va yasharish ayyomi bilan barcha yurtdoshlarimizni viloyat IIB jamoasi nomidan samimiy muborak etaman.

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev o‘z tabriklarida “Mana shu bahoriy lahzalarda barchamiz ulug‘ ajdodlarimizning tilaklariga qo‘shilib, ilohim, har kunimiz Navro‘zdek go‘zal, Navro‘zdek fayzli va mazmunli bo‘lsin, deb niyat qilamiz” - deya bejizga ta’kidlamadilar.

Hurmatli hamkasblar, mana shunday fayzli ayyomda kunlarni tunlarga ulab, osoyishta turmushga zamin hozirlayotgan, barcha shahar-tumanlarda, qishloq va ovullarda Navro‘z saylini tinch-osuda o‘tkazishga o‘z hissasini qo‘shayotgan barcha ichki ishlar organlari xodimlariga mashaqqatli va sharafli xizmatlarida ulkan muvaffaqiyatlar hamroh bo‘lsin!

Navro‘z - barchangizga sihat-salomatlik, baxt saodat, oilaviy totuvlik, dasturxoningizga qut-baraka, elimizga tinchlik va osoyishtalik olib kelishiga tilakdoshman.

Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch, xalqimiz omon, har kunimiz Navro‘z bo‘lsin!

 

Abduvoxid Ismoilov,

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i

Text to speech