30 Dekabr 2023 yil 1326

Har bir shaxs e’tiborda

Yangi yil bayrami arafasida sektor rahbarlari huzurida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 4 dekabrdagi “Ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, afv etilgan shaxslarning xonadonlariga borib, ularning turmush tarzi, hayoti va kelgusi rejalari xususida  suhbat o‘tkazildi.

Suhbatlarda ozodlikka chiqqan shaxslarning sog‘ligi, shaxsiy va oilaviy muammolari o‘rganilib, hududiy tibbiyot bo‘limlari bilan hamkorlikda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ularni ijtimoiy moslashtirish maqsadida ish bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech