18 Dekabr 2023 yil 433

Hamkasbimiz chempionlar safida

Xabar berib o‘tganimizdek Bahraynning Manama shahrida havaskor MMA bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Kecha ushbu qit’a birinchiligi o‘z yakuniga yetdi. O‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan qit’a birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 12 ta oltin, 9 ta kumush va 5 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida               1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ular orasida Qashqadaryo viloyati IIB TVBSO katta mutaxassisi, kichik serjant O‘g‘iloy Jumanova +70 kg vaznda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, oltin medal sohibiga aylandi.

Ushbu muvaffaqiyat bilan barcha delegatsiya a’zolari va kichik serjant O‘g‘iloy Jumanovani g‘alabasi bilan qutlaymiz!

Text to speech