Аmir Temurga ehtirom
Sohibqiron, buyuk sarkarda va davlat arbobi Аmir Temur tavalludini keng nishonlash maqsadida mamlakatmizda keng qamrovli tadbirlarga tayyorgarlik ishlari qizgʼin ketmoqda. Yaqinda Shahrisabz shahrida buyuk davlat arbobi, islohotchi, adolat uchun tolmas kurashchi, ilm-fan va madaniyat rahnamosi Аmir Temur tavalludining 685 yilligini munosabati bilan Shahrisabz shahar Madaniyat markazida maʼrifiy tadbir boʼlib oʼtdi. Unda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, boshqarma Faxriylar kengashi, oliy taʼlim professor oʼqituvchilari, Shahrisabz shahar, Kitob va Shahrisabz tuman IIB, keng jamoatchilik va OАV vakillari jam boʼlishdi.
Ichki ishlar organlari tizimda maьnaviy-maьrifiy tadbirlar oʼtkazish rejasiga koʼra tashkil etilgan tadbirda soʼz olganlar, Аmir Temur betakror davlat boshqaruvi dono va oqil siyosati mahsuli “Temur tuzuklar”ni avlodlarga meros qoldirgani, oʼzbek milliy anʼana va qadriyatlarini tiklagan madaniyat va maʼrifat homiysi, kuchli siyosatchi sifatida jahonning yetuk sarkardalari qatorida ekanligini eʼtirof etishdi.
- “Kuch – adolatda” shiori butun Аmir Temur davlatida axloqiy va maʼnaviy mezonga aylandi. Natijada markaziy Osiyo hududlarini yagona davlatga birlashtirib, Hindiston, Sirdaryodan Zarafshongacha, Tyanshandan Bosforgacha boʼlgan hududlarni oʼz boshqaruviga oldi, - dedi tadbirda soʼz olgan viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi boshligʼining oʼrinbosari podpolkovnik Shermuxammad Muslimov. - Sohibqiron davlatida savdo va sayyohlar xavfsizligi toʼliq taʼminlandi. Jangu jadallarda magʼlubiyat koʼrmagan Аmir Temur “Kim qudratimizga shubha qilsa, biz qurdirgan imoratlarga boqsin” deya bejizga taʼmidlamagan. Zero, Аmir Temur hukmronligi bunyod etilgan haybatli meʼmoriy obida va binolar hanuz oʼz salobatini yoʼqotmagan.
Аmir Temur mamlakatni boshqarishi, sarkardalik mahorati va harbiy sanʼati aks etgan sahna koʼrinishlari namoyish etildi. Isteʼfodagi mayor Boymirza Ravshanov ijrosidagi kuy-qoʼshiqlar tadbirga oʼzgacha fayz bagʼishladi.
Soʼngra tadbir ishtirokchilari Shahrisabz shahar Oqsaroy xiyobonidagi Аmir Temur haykali poyiga gulchambarlar qoʼyishdi.
Shahrisabz shahridagi Аmir Temur muzeyiga tashrif buyurganlar bundan besh yuz yil oldin yevropalik olimlar Аmir Temur va uning davlatchiligi haqida kitob bitgani sohibqironning naqadar betakror va bemisl sarkarda boʼlganligi shohidi boʼlishdi. Buyuk Rembrant Boburiylar zamonidagi hind miniatyuralaridan ilhomlanib, Аmir Temurni vorislari Umarshayx, Bobur, Humoyun va Аkbar davrasida tasvirlagan suratlari, bugun jahonning ellikdan ortiq mamlakatida temurshunos olimlar ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Аmir Temur haqida Yevropa tillarida 500, Sharq tillarida esa 900 ortiq asarlar bitilgani haqida muzey mutaxassisining fikrlari tinglandi.
Bir soʼz bilan aytganda tadbir ishtirokchilarining sohibqiron bobomiz Аmir Temur haqidagi bilim va koʼnikmalari yanada boyidi.