6 Aprel 2024 yil 586

“Amir Temur- ma’naviyat va ma’rifat homiysi”

Qashqadaryo viloyati IIBda “Amir Temur - ma’naviyat va ma’rifat homiysi” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlar xodimlari, faxriylar hamda Qarshi DU o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Tadbirni boshqarma MMI va KBTX bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik G‘ulom Isamov ochdi.

Unda so‘z olgan Qarshi davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti Jamshid Kucharov so‘zga chiqib, sohibqiron Amir Temur buyuk sarkarda, zakiy davlat arbobi bo‘lish bilan birga, zamonasining benazir dahosi, ulkan qobiliyat va iste’dod egasi hamda ilm-fan va madaniyatning homiysi bo‘lganligini ta’kidladi.

 U yoshlik chog‘laridanoq, sharq tarixi, falsafa, adabiyot va san’at, islom dini va uning odob-axloqqa oid muqaddas ta’limotiga mustahkam e’tiqod bilan qaragan. Shu bilan birga, handasa, falakiyot, mantiq, fiqh, ilohiyot, tarix, jug‘rofiya va tibbiyot ilmlarini puxta o‘zlashtirgan. Shuningdek, o‘z zamonasining rasmiy uch tili, ya’ni, turk, fors va arabchani mukammal bilgan. Sohibqironning shijoatli ruhida ilm va uning ahliga hurmatu e’zoz kuchli bo‘lgan. Ulug‘ ajdodimiz diniy ilmlar bilan birga, dunyoviy ilmlarni ham puxta o‘zlashtirdi. Ilm-fan va madaniyatning u xabardor bo‘lmagan biron-bir sohasi bo‘lmaganligiga uning keng qamrovli, mazmunan nihoyatda chuqur «Temur tuzuklari» ham misol bo‘la oladi. Shaxsan Amir Temurning o‘zi odob-axloq, iymon-e’tiqod, ta’lim-tarbiya, madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat bobida yuksaklikka, mukammallikka erishgan siymolardan biri sanalishini ishtirokchilar e’tiboriga yetkazildi. 

So‘ngra, hafta mobaynida dunyodagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat bo‘yicha boshqarma Tezkor-qidiruv xizmati Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, mayor Firdavs Muxammadiyev ma’ruza qildi.

Yakunda IIVning 2021-yil 21-oktabr kunidagi 400-sonli buyrug‘iga asosan, “Faxriy ustozlar o‘giti” mavzusi doirasida boshqarma faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi polkovnik Sodiq Islomov yoshlarga o‘z tajriba va maslahat hamda o‘gitlari doirasida fikr-mulohazalarini bildirdi.

Text to speech