Аmir Temur haykali poyiga gullar qoʼyib, ulugʼ bobomiz xotirasiga hurmat-ehtirom koʼrsatildi
Ichki ishlar vazirining joriy yil 25 martdagi farmoyishiga binoan, shu yilning 2 aprelidan 2 may kuniga qadar mamlakatimizning barcha ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” shiori ostida “Maʼnaviyat oyligi” oʼtkazilishi belgilandi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 09 aprelь kuni Toʼrtinchi mintaqaviy xudud 2- son Jazoni ijro etish koloniyasi xodimlari qadimiy va hamisha navqiron Shahrisabz shahrida Sohibqiron Аmir Temur tavalludining 686 yilligini munosib tarzda nishonlash maqsadida qutlugʼ qadamjoga tashrif buyurishdi. Temur haykali poyiga gullar qoʼyilib, ulugʼ bobomiz xotirasiga hurmat-ehtirom koʼrsatishdi. Tadbir doirasida xodimlar Аmir Temur muzeyida boʼlib, sohibqiron hayoti va faoliyatiga oid qimmatli maʼlumotlar bilan tanishdilar.