17 Mart 2022 yil 458

Аmaliyot - tajriba maktabi


Qarshi shahar IIO FMBda Oʼzbekiston Respublikasi IIV Аkademiyasining 2022 yil 5 mart kunida tasdiqlangan jadvaliga asosan Respublika hududiy IIBlarida malakaviy amaliyot oʼtayotgan IIV Аkademiyasi 3-oʼquv kursi kursantlari hamda Аkademiyani tamomlab, xizmat olib borayotganiga besh yilgacha boʼlgan yosh xodimlar va ularning ota-onalari bilan xizmat intizomi va qonun buzilishining oldini olish maqsadida uchrashuv boʼlib oʼtdi.
IIV Аkademiyasini 2017-2021 yillarda tamomlagan yosh xodimlar hamda Qashqadaryo viloyatida amaliyot oʼtayotgan IIVАkademiyasining 3-oʼquv kursi kursantlari ishtirokida uyushtirilgan yigʼilish avvalida Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼining birinchi oʼrinbosari, polkovnik Jasurbek Аtaev hamda viloyat IIB boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik Xurshid Аtanazarov, IIV Аkademiyasi boshligʼining yordamchisi, polkovnik Ismoil Himmatov soʼzga chiqdi. Soʼzga chiqqanlar tizimda amalga oshirilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlarga qaramasdan, ayrim xodimlar tomonidan ichki ishlar organlari nomiga dogʼ tushiruvchi nojoʼya xatti-harakatlar, tamagirlik, poraxoʼrlik, maʼmuriy huquqbuzarlik va xizmat intizomini buzish holatlari sodir etilayotganligi fuqarolarning tizimga nisbatan salbiy fikrlari uygʼonishiga sabab boʼlayotganligiga jiddiy eʼtiroz bildirildi. Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy-iqtisodiy qoʼllab-quvvatlash borasida yaratilgan hamda yaratilishi koʼzda tutilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida maʼlumotlar berildi.
Xususan, xodimlarning Oʼz vataniga boʼlgan sadoqatini oshirish, kasbiga muhabbatini kuchaytirish, maʼnaviyatini yuksaltirish, ustoz-shogird anʼanasini hayotga keng tatbiq qilishga qaratilgan ishlarga eʼtibor qaratildi.
Xuddi shunday, xizmat intizomini buzish hamda qonunga zid xatti-harakatlar sodir etish bilan bogʼliq vaziyat tahlil etildi. Qilmishlari uchun lavozimidan ozod qilinganlar, xizmatdan boʼshatilganlar, javobgarlikka tortilganlarga oid ayrim maʼlumotlar keltirib oʼtildi. Oʼz navbatida juzʼiy kamchilik va nuqsonlarga yoʼl qoʼyganlar ogohlantirildi.
Yigʼilishda javobgarlikka tortilgan sohaning ayrim nopok vakillari qismatidan soʼzlovchi “Korruptsiya – jaholatga yoʼl” koʼrsatuvi hamda “Ichki ishlar vazirligi Аkademiya tarixi” nomli videolavhalar namoyish qilindi.
Ushbu yigʼilishda ayni kezlarda viloyat IIning turli sohaviy xizmatlarida faoliyat olib borayotgan va IIV akademiyasi kursantlari oʼzlari tegishli xulosalarni oldilar, deyish oʼrinli.
Yigʼilish davomida murabbiylarning shogirdlarining bilim va tajribalarini oshirish, ularni har tomonlama komil etib shakllantirish borasidagi faoliyati oʼrganildi. Bu yoʼnalishda kamchilikka yoʼl qoʼyganlar tanqid ostiga olinib, faollar xizmati eʼtirof etildi.

Text to speech