3 Dekabr 2021 yil 432

Аmaliy oʼq otish mashgʼuloti

 

Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy, jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish, bu boradagi tajriba va malakasini oshirish maqsadida viloyat IIB sohaviy xizmatlari va shahar-tuman IIBlarida “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida jangovar qurollarni ishlatish, foydalanish tartibi va bu boradagi koʼnikmalarini boyitish maqsadida oʼquv mashgʼulotlari boʼlib oʼtmoqda. Jumladan, Kasbi va Mirishkor tuman IIBlari shaxsiy tarkibi oʼrtasida oʼq otish mashgʼuloti oʼtkazildi.
Kasbi tumanida tashkil etilgan tirda oʼq otish mashgʼulotida tuman IIBlarida xizmat qilayotgan shaxsiy tarkib orasidan merganlik mahoratini namoyish etgan oʼn nafardan xodimlar tanlab olinib, oʼzaro bellashdilar.
Qizgʼin va murosasiz bahslarda umumjamoa hisobida Mirishkor tuman IIB xodimlari gʼoliblikni qoʼlga kiritishdi.
Shuningdek musobaqada shaxsiy birinchilikni Kasbi tuman IIB HPB profilaktika inspektori katta serjant Islom Boysariv birinchilikni qoʼlga kiritdi. Gʼoliblar kubok va kitoblar bilan taqdirlandi.

Sodiq Rahimov, “Postda” muxbiri Qashqadaryo viloyati

Text to speech