Аmaliy oʼquv mashgʼuloti
IIV Qashqadaryo akademik
litseyida “Kriminalistika fanining predmeti, tizimi va vazifalari”,
“Kriminalistikaning uslubi”, “Jinoyatchilikka qarshi kurashishda
kriminalistikaning metodlaridan foydalanish” mavzularida amaliy oʼquv
mashgʼuloti oʼtkazildi. Unda IIV Transport va turizm obʼektlarida xavfsizlikni
taʼminlash departamenti ekspert-kriminalistika boʼlimi katta eksperti, katta
leytenant А.Аllaev hamda Qashqadaryo viloyat Transport xavfsizlikni taʼminlash
boshqarmasi ekspert-kriminalistika boʼlinmasi katta eksperti mayor А.Shukurov
mavzular doirasida oʼquvchilarga tushunchalar berishdi.
Ichki ishlar organlari
tizimidagi oʼquv muassasalarida tahsil olayotgan oʼquvchilarning bilim va
mahoratini oshirish, kasbga boʼlgan sadoqatini yuksaltirish maqsadida
oʼtkazilgan oʼquv mashgʼulotida tizimdagi texnikalar orqali koʼrgazmali mashgʼulotlar
oʼtildi.
Savol-javoblar asosida
oʼtkazilgan amaliy oʼquv mashgʼuloti oʼquvchilarning sohaga oid bilimlarini
yanada oshirdi.