Аmaliyot – tajriba asosi
Qashqadaryo
viloyati IIBda IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 1 va 2-kurs
kursantlari uchun tanishuv va ish o‘rganish amaliyoti yuzasidan davra suhbati
tashkil etildi. Tadbirda so‘nggi uch yilda Akademiyani bitirgan, hozirda
viloyatda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar ham ishtirok etdi.
Ochiq
muloqotda so‘z olganlar Akademiyadagi ta’lim jarayoni, nazariya va amaliyot
uyg‘unligini ta’kidlab, ichki ishlar organlari uchun malakali kadrlar
tayyorlash borasidagi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, islohotlar haqida
ishtirokchilarga ma’lumotlar berishdi.
Keng
ko‘lamli tadbirda 2021-2023 yillarda Akademiyani bitirgan xodimlar faoliyati
tahlil qilinib, ularning amaliyotdagi muammolari muhokama etildi. Akademiyada
o‘quv jarayonini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish va kursantlarning bilim hamda
ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha ichki ishlar organlari xodimlari
takliflar bildirishdi.
Tadbirda
kursantlar amaliyot dasturiga qat’iy amal qilishi, berilgan vazifalarni o‘z
vaqtida bajarish va qonunchilikka rioya etishi ta’kidlandi.
Shuningdek,
ular bilan Akademiyadagi ta’lim jarayonini takomillashtirish va kun tartibini
samarali tashkil etish yuzasidan test monitoringi o‘tkazildi.
Yakunda
Akademiya tomonidan ichki ishlar organlari faoliyatini uslubiy ta’minlash uchun
yaratilgan hudud metodikalari, jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha
qo‘llanmalar va media mahsulotlar namoyish etildi.