15 Iyul 2022 yil 272

Amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi

    Qamashi tuman IIBda joriy yilning birinchi yarmida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni jilovlash, ro‘y berganlarini fosh etish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

   Yig‘ilishda Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Xurshid Atanazarov tomonidan tuman IIB xodimlari amalga oshirgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni atroflicha muhokama etdi.

    Tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tgan sarhisob yig‘ilishida rahbarlar va mas’ul xodimlar oldiga aniq vazifalar qo‘yildi.

   Yakunda o‘z xizmat vazifalariga vijdonan yondoshib, hududida jinoyatlar sodir etilishini oldini olgan bir guruh xodimlarga tashakkurnomalar hamda navbatdagi maxsus unvonlar topshirildi.

Text to speech