Qamashi tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengashining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Ushbu yigʻilishda tuman prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda hududda qonun ustuvorligini taʼminlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarni oldini olish va profilaktika qilish borasida 2024-yilning o'tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy tarzda ko'rib chiqildi.
Muhokama jarayonida
jinoyatchiliklar sodir etilishi bo'yicha "qizil hudud"ga tushgan
mahallalar va jinoyatchilik oshganligi bo'yicha masʼullarga tegishli koʻrsatma
hamda topshiriqlar berildi.
Yigʻilish yakunida
muvofiqlashtiruvchi Kengashning qarori qabul qilinib, istiqboldagi vazifalar
belgilab olindi. Yigʻilishda viloyat prokuraturasi bo'lim boshlig'i F.Begaliyev
ishtirok etdi.