22 Fevral 2024 yil
358
Qamashi tumani “Oynako‘l” MFYda yashovchi uyushmagan yoshlarning turmush tarzi, muammolarini "xonadonbay" o‘rganildi
Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
boshlig‘ining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i, polkovnik
A.Allanazarov tomonidan o‘ziga biriktirilgan Qamashi tumani “Oynako‘l” MFYda
yashovchi uyushmagan yoshlarning turmush tarzi, muammolarini
"xonadonbay" o‘rganildi.
O‘rganishlar jarayonida yoshlarning ishsizlik,
kredit olish, kasb-hunarga o‘qitish kabi muammolar tinglanib, yechimini topish
choralari ko‘rildi. Mablag‘ va vaqt talab etadigan masalalar bo‘yicha mas’ullar
biriktirilib, vazifador etildi. Ayrim muammolar bo‘yicha murojaatchilarga
huquqiy maslahatlar berilib, mahalla yettiligiga tavsiya va ko‘rsatmalar
berildi.
O‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.