9 Iyul 2025 yil 106

Qamashi tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Nodirbek Rahimovning Qamashi tumani fuqarolariga murojaati

Hurmatli tumanimiz ahli! Mamlakatimiz hududida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini himoya qilish — doimo eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Ta’kidlanganidek, joriy yil boshidan boshlab muhtaram Prezidentimiz ushbu yo‘nalishga alohida e’tibor qaratib, bir qator muhim qarorlarni qabul qildilar. Prezidentimizning joriy yil 3-yanvardagi 1-sonli qarori ijrosi yuzasidan kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda jinoyatlarni erta profilaktika qilish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar "yo‘l xaritalari" ishlab chiqilib, viloyat hamda tuman-shaharlar miqyosida faol ishlar amalga oshirildi.

Xususan:

— Yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida svetoforlar va qoidabuzarliklarni qayd etuvchi 8 ta zamonaviy texnik vosita o‘rnatildi;

— Maktablar oldida 10 ta qavariq piyodalar o‘tish joyi hamda sun’iy noteksliklar tashkil etildi;

— 5 va undan ortiq qoidabuzarlik sodir qilgan, takroran spirtli ichimlik iste’mol qilgan 78 nafar shaxs bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi;

— Ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan 524 nafar shaxs bilan yakka tartibdagi profilaktik ishlar olib borildi, jabrlangan 344 nafar ayolga himoya orderlari berildi;

— Uyushmagan yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha 62 marta profilaktik tadbirlar, shuningdek, 78 marta tungi reydlar o‘tkazildi;

— Huquqbuzarlikka moyil bo‘lgan voyaga yetmaganlarning 162 nafar ota-onasi bilan profilaktik suhbatlar tashkil etildi;

— Uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida 127 marta ko‘chma tadbirlar, loyihalar, tanlov va musobaqalar tashkil etildi;

— IIB 102 tizimiga kelib tushgan oilaviy nizolar bo‘yicha kunlik 12 ta murojaat yuzasidan mahalla "yettiligi" bilan hamkorlikda holatlar muhokama qilindi;

— Chet elda uzoq muddat bo‘lib qaytgan 4 261 nafar shaxs bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi, ularning oilaviy holati o‘rganildi;

— Spirtli ichimlik va giyohvandlikka qaram bo‘lgan 124 nafar shaxs tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi;

— Probatsiya nazoratidagi shaxslarning sud tomonidan belgilangan cheklovlarga rioya etishi yuzasidan 346 marta tekshiruv o‘tkazildi, shundan 26 nafarining cheklovni buzgani aniqlanib, 12 nafar shaxsga nisbatan jazo choralari og‘irlashtirildi;

— Adliya organlari bilan hamkorlikda fuqarolarni firibgarlik holatlaridan ogohlantirish maqsadida 3 156 marta targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Ushbu ijobiy ishlar natijasida joriy yilning 6 oyi davomida tumandagi 61 ta mahallaning 47 tasida, ya’ni 77,0 foizida kriminogen vaziyat barqarorlashdi. Ularning 47 tasida umuman jinoyat sodir etilmagan bo‘lsa, 1 tasida (1,9%) jinoyatlar soni kamaygan. Jinoyatlar soni oshgan “qizil toifa”dagi mahallalar soni 3 tani (4,9%) tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi (5 ta) holatga nisbatan 60 foizga kamaygan.

Shu kungacha erishilgan yutuqlarga qaramasdan, ba’zi kamchiliklar ham mavjud. Masalan, transport vositasini olib qochish jinoyatlarini tahlil qilganda, haydovchilar tomonidan avtomashinani kaliti bilan birga ochiq holda qoldirish holatlari jinoyatlarga zamin yaratayotgani aniqlangan. Haydovchilardan avtomashinalarini ochiq holda tashlab ketmasliklarini so‘rab qolamiz.

Ma’lumki, vohamiz aholisi asosan chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Chorva mollarining cho‘l va adirlarga qaravsiz holda haydalishi jinoyatchilar uchun qulay sharoit yaratayotganini inobatga olib, barcha fuqarolardan chorva mollarini nazoratsiz qoldirmasliklarini so‘raymiz. Bu orqali sizning mulkingizning xavfsizligi ta’minlanadi va jinoyatlarning oldi olinadi.

Yana bir og‘riqli masala — oilaviy munosabatlar doirasida sodir etilayotgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlardir. Bunday jinoyatlar ko‘pincha oilada to‘satdan kelib chiqadigan kelishmovchiliklar natijasida yuzaga keladi. Natijada, bir oila faol a’zosidan ayriladi, boshqasi esa umrbod nogiron bo‘lib qoladi, yana biri esa uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etiladi. Farzandlar esa qaravsiz qoladi.

Ba’zi holatlarda bunday jinoyatlar ruhiy xastaligi bo‘lgan shaxslar tomonidan, lekin ko‘p hollarda spirtli ichimliklar ta’sirida yoki nosog‘lom oilaviy muhit sabab sodir etilayotganini kuzatish mumkin. Shu bois, barchani yaqin qarindoshlari bilan iliq munosabatda bo‘lishga, o‘zaro hurmatda yashashga, farzandlar tarbiyasiga mas’uliyat bilan yondashishga, ularni Yangi O‘zbekistonning fidoyi farzandlari sifatida tarbiyalash yo‘lida yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishga chaqiraman.

Ishonamanki, yuqorida qayd etilgan holatlardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, barchamiz jinoyat va huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz bo‘lib, bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilsak, vohamizni jinoyatlardan holi hududga aylantiramiz. Buning uchun bizda yetarli imkoniyat va salohiyat mavjud.

E’tiboringiz uchun rahmat!

Text to speech