Qamashi tuman IIBda joriy yilning birinchi choragi yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, bo‘lim rahbarlari, sohaviy xizmatlar rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda viloyat IIB boshlig‘i, o‘rinbosari podpolkovnik Tal’at Mamatkulov so‘zga chiqib, Davlat rahbarining 1-sonli qarorini ijrosini ta’minlash maxallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini oshirish hamda Ichki ishlar vazirining farmoyishiga asosan joriy yilning 15 aprelidan 15 mayga qadar o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri yuzasidan tumanda amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy-tahlil etdi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining faoliyat davomida inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini munosib himoya qilish, vohada jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish va ildiziga bolta urish va unga qarshi kurash, sodir etilganlarini izi sovumay fosh etish, qonunbuzarliklarga barham berish, jamoat va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda keng jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini yanada kuchaytirish lozimligini ishtirokchilarga uqtirdi.
Ichki ishlar organlari xodimlari huquq-tartibotni mustahkamlash, jamoat tartibini saqlashda keng jamoatchilik, ayniqsa, mahalliy hokimliklar, qishloq, mahalla faollari, korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish lozim. Ushbu jarayonda bozorlar, aholi gavjum to‘planadigan joylar, savdo do‘konlariga videokameralar o‘rnatib, IIB va profilaktika inspektoriga integratsiya qilish, xonadonlarni pultga ulash, tashvish tugmalarini o‘rnatish ishlarini jadallashtirish tushuntirildi.
Yoshlarni, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, giyohvandlik va boshqa turli illatlar domiga tushib qolishining oldini olish borasida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha sohaviy xizmatlar rahbarlari vazifador etilib, mas’uliyati oshirildi.
Qamashi tumanini jinoyatchilikdan xoli “xavfsiz hudud”ga aylantirish, har bir ma’muriy hududni mahallabay kesimida qamrovga olish, jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun avvalo, fuqarolarning huquqiy ongini boyitish, o‘z mulkiga bo‘lgan e’tiborini oshirish, o‘g‘irlik va firibgarlik jinoyatlarini oldini olish borasida profilaktik ishlarini kuchaytirish lozimligi bo‘yicha mas’ullar oldiga aniq vazifalar qo‘yildi.
Kengaytirilgan yig‘ilishda erishilgan yutuqlar bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar oshkora muhokama etilib, kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.