24 Fevral 2024 yil
460
Qamashi tuman IIB 3-sektor rahbari "Istiqbol" mahallasida
Qamashi
tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik Nodirbek Rahimov M va MTBga qarashli
2-maktabda yoshlar bilan uchrashdi. Unda
yoshlarning munosib ta’lim olishi, kasb-hanarga egallashi va vatanparvarlik
ruhida tarbiya olishi uchun barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar
yaratilganini qayd etdi.
Shundan
so‘ng, "Istiqbol" mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi. Unda
fuqarolarning mahalla infratuzilmasini yaxshilash, bandlik va ta’lim olish
uchun shartnoma pullarini qoplash borasidagi murojaatlar tinglandi. Ayrim
murojaatlar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirish berilib, vaqt va mablag‘
talab etadiganlari nazoratga olindi. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.