Ham sayyor qabul, ham ijtimoiy himoya
Аvval xabar berganimizdek, Kitob bolalar sanʼat va musiqa maktabida Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik Xurshid Аtanazarov fuqarolar va yoshlar bilan Sayyor qabul oʼtkazdi. Unda 3-sektorga qarashli mahallalardan istiqomat qiluvchi 20 nafar yoshlar va fuqarolar ishtirok etdi.
Sayyor qabulda yoshlarning 17ta murojaati tinglandi. Murojaatlarning 3 tasi joyida ijobiy hal etildi. 2ta murojaat nazoratga olindi.
Qolgan 12 ta murojaatlar boʼyicha huquqiy tushuntirish berildi.
Qabul jarayonida 3 xotin-qizlarga oʼzini oʼzi band qilishi uchun elektr pechi berildi. Tadbirda doirasida sektor rahbarlari 2 nafar fuqarolarning xonadoniga tashrif buyurib, ham muammolarini oʼrganishdi, ham oziq-ovqat mahsulotlari berishdi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda