29 Noyabr 2024 yil 482

HAM SAYOHAT, HAM ZIYORAT


“Keksalar turizm oyligi” doirasida Qarshi shahar IIOFMB rahbariyati boshqarma faxriylar kengashi a’zolari va xizmat vaqtida vafot etgan xodimlarning oila a’zolarini Surxondaryo viloyatiga sayohatini tashkil etishdi.
Sayohatchilar Surxondayo viloyatiga tashrifi davomida muhaddis olim Al-Hakim at-Termiziy ziyoratgohida bo‘lishdi.
Muhaddis olim maqbarasida bo‘lgan ziyoratchilar u yerda alooma hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdilar. So‘ngra, Termiz shahrining diqqatga sazovor joylarida amalga oshirilgan obodonchilik hamda bunyodkorlik ishlarini tomosha qilishdi.
-Asrlar silsilasidan bizgacha yetib kelgan, avlodlarimizning aql-zakovati bilan bunyod etilgan bu kabi me’moriy yodgorliklar mustaqillik tufayli yana o‘zgacha chiroy kashf etgan, - deydi Qarshi shahar IIOFMB faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi mayor Ibodulla Xusanov.  Ziyoratgoh mustaqillik yillarida qayta ta’mirlanib, juda hashamatli va chiroyli manzara kashf etgan. Shu bois bu maskanlar hamisha mehmonlar va ziyoratchilar bilan gavjum.
Sayohatchilar majmua haqida qimmatli ma’lumotlar bilan birga g‘aroyib taassurotga ega ham ega bo‘lishdi.

Text to speech