23 Aprel 2022 yil 605

Ham hordiq, ham maʼnaviy oziq

    Ichki ishlar vazirining joriy yil 25 martdagi farmoyishiga binoan, shu yilning 2 aprelidan 2 may kuniga qadar mamlakatimizning barcha ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” shiori ostida “Maʼnaviyat oyligi” oʼtkazilmoqda. Oylik rejasiga asosan ichki ishlar organlari xodimlari “Maʼnaviyat marshruti” doirasida viloyatdagi qator tarixiy obidalar, ziyoratgohlar, teatr va kino, istirohat bogʼlariga tashrif buyurib, maʼnaviy va madaniy hordiq chiqarmoqda.
     Jumladan, Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining sohaviy xizmatlari xodimlari ham oylik doirasida viloyat musiqali drama teatrida Shukrulla Mahkamov qalamiga mansub “Xazina” nomli spektaklni tomosha qilishdi. Jiddiy hayotiy voqealarni yumor orqali tomoshabinga yetkazib beruvchi spektakl ichki ishlar organlari xodimlariga ham hordiq, ham maʼnaviy oziq boʼldi.

Text to speech