Hallolikni shior qilgan xodimlar
Sarxush avtomashina boshqarish jinoyatga
yetakladi
Spirtli ichimlik iste’mol qilib, nojo‘ya
xatti-harakatlar sodir etish huquqbuzarlik yoki jinoyatni yuzaga keltiradi. Shu
bois qonunda ham, dinda ham spirtli ichimlik iste’mol qilish qoralanadi.
Jumladan, Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro M.J. boshqaruvida bo‘lgan “Damas”
rusumli avtomashinasini “Yakkabog‘-Shahrisabz” yo‘nalishida boshqarib
kelayotganda Shahrisabz tuman IIB JXX YHXB inspektori tomonidan to‘xtatildi.
Suhbat davomida haydovchidan spirtli ichimlik hidi kelganligi
bois YPX inspektori uni narkolog shifokor ko‘rigida o‘tishga taklif etadi.
Natijada haydovchida alkogoldan mastlik holati aniqlanib, ma’muriy bayonnoma
rasmiylashtirilib, transport vositasi jarima maydoniga joylashtirilgan.
Oradan uch kun o‘tib, haydovchi Shahrisabz
tuman IIB YHXB boshlig‘iga uchrashib, suhbat asnosida aybini yopish va
haydovchilik guvohnomasini qaytarib olish evaziga 1000 AQSH dollari miqdorida
pora taklif qildi.
Shahrisabz tuman IIB YHXB boshlig‘i unga bu
xatti-harakati jinoyatga sabab bo‘lishini tushuntirsa-da haydovchi unamaydi.
Natijada
Shahrisabz tuman IIB YHXB boshlig‘iga haydovchi 200 AQSH dollarini pora
tariqasida bergan vaqtida ushlanib, protsessual hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Huquqbuzarligi jinoyatga yetaklagan haydovchi
endi qilmishining mohiyatini tushunib yetishi tayin.