G‘alla mavsumiga tayyorlik ishlari o‘rganildi
Viloyatning
g‘allakor tumanlari - Ko‘kdala va Qamashi da g‘alla mavsumiga tayyorgarlik
borasida amalga oshirilgan ishlar, o‘rim-yig‘im va tashuvchi texnikalarning
shayligini o‘rganishga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etildi.
Viloyat
IIB boshlig‘i Abduvohid Ismoilov, har ikkala tuman hokimlari va sektor rahbarlari hamrohligida o‘rim
kombaynlarining mavsumga shayligi, don tashuvchi texnikalarning texnik sozligi ko‘zdan kechirildi va mavjud kamchiliklarni
bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Yakunda
o‘tkazilgan yig‘ilishda g‘alla maydonlari, donni qayta ishlash va qabul qilish
korxonalarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan
ishlar ham tahlil etildi.
Ko‘lami keng yig‘ilishda g‘alla o‘rish
kombaynlarining texnik holati bilan birga muhandis-texnik xodimlar,
mexanizatorlar uchun yaratilgan kundalik ehtiyoj vositalari, ularning moddiy
manfaatdorlik masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.