25 Aprel 2024 yil 416

Alimentdan bo‘yin tovlagan ota ushlandi

Ota-ona o‘z farzandini to voyaga yetgunga qadar tarbiyalab, boqishga majbur. Bu qonunlarimizda mustahkamlangan. Ammo ayrim otalar turmush o‘rtog‘i bilan qonuniy ajrashgach, onasini qaramog‘idagi bolasini moddiy ta’minotini bajarmayotir. Jumladan, Kitob tumani “Qashqadaryo” mahallasida yashovchi S.U. ham ana shunday shaxslar toifasidan bo‘lib chiqdi. S.U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qochib, yashiringani uchun Kitob tuman IIB tomonidan unga qidiruv e’lon qilindi.
Kitob tumani IIB TQX JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan qidiruv-surishtiruv tadbirlari natijasida qochoq S.U. Chiroqchi tumani hududidan ushlandi.

Text to speech