2 Mart 2024 yil 537

“Ayollarning baxti – xalqimiz, jamiyatimizning baxtidir”


Qashqadaryo viloyati IIBda “Ayollarning baxti – xalqimiz, jamiyatimizning baxtidir”

mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlar xodimlari, faxriylar hamda Qarshi DU o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Tadbirni boshqarma MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Ixtiyor Xudoyqulov ochdi.

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan Qarshi davlat universiteti dotsenti Sherzod Akramov so‘zga chiqib, o‘zbek ayollari o‘zining matonati, sabr-toqati, metin irodasi-yu mislsiz jasorati bilan hamisha mavqeyini sarbaland ushlaganini ta’kidladi.

Mamlakatimiz xotin-qizlari tarixning turli davrlarida, suronli yillarida, har xil qiyinchilik va jang-u jadallarda ham matonat va jasorat namunasini ko‘rsatgan. Bunga moziy ham guvoh. Masalan, olis tarix sahifalaridan joy olgan massagetlar malikasi To‘maris miloddan avvalgi 529-yilda Ahamoniylar podshohi Kir 2ni jang maydonida yengishning uddasidan chiqqan edi.

Yana bir misol, Qo‘qon xoni Umar¬xonning turmush o‘rtog‘i, o‘zbek mumtoz ada¬biyotining yorqin vakilasi, «Komila» va «Maknuna» taxalluslari bilan ijod qilgan Nodira (Mohlaroyim)dir. 1822-yilda Umarxon vafot etgach, uning o‘g‘li 14 yoshli Muhammad Alixon (Ma’dali¬xon) taxtga ko‘tariladi. Lekin davlatni asosan Nodiraning o‘zi idora qiladi. Bozor-u rastalar, masjid-u madrasa¬lar, karvonsaroylar qurilishiga e’tibor berildi. Go‘ristoni kalondagi Madrasayi Chalpak, Taqagarlik rastasidagi Mohlaroyim madrasasini bino ettirgan.

Prezidentimizning ayollarni, onalarni hayotdan rozi qilish ustuvor jihat ekanligini ta’kidlagani ham bejiz emas: «Biz erkin va farovon, demokratik, dunyoga ochiq mamlakatni barpo etishda butun xalqimiz qatori xotin-qizlarimiz ham beqiyos hissa qo‘shayotganini albatta yuksak qadrlaymiz. O‘zbekistonda qanday qonun va qarorlarni qabul qilmaylik, qanday islohotlarni hayotga joriy etmaylik, davlat rahbari sifatida mening ko‘z o‘ngimda avvalo munis onalarimiz, mehribon opa-singillarimiz siymosi, ularning dard-u tashvishlari turadi. Oila tayanchi, jamiyat ustuni bo‘lgan ona¬larimiz, ayollarimiz hayotdan rozi bo‘lsa, butun xalqimiz hayotdan rozi bo‘ladi. Xalq rozi bo‘lsa, Yaratganimiz ham bizdan rozi bo‘ladi!»

Ayolni e’zozlash, unga ehtirom ko‘rsatish Sharq xalqlariga, jumladan, o‘zbek xalqiga xos xususiyatdir. Millat ayollarni nechog‘lik ulug‘lasa, uning o‘zi ham shunchalik ulug‘lanadi.

Ayni damda jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni beqi¬yos. Fidoyiligi, qobiliyati bilan barchani hayratga solayotgan ayollar safi esa muttasil ra¬vishda kengayib bormoqda. Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi o‘rni va ta’sirini oshirish so‘nggi yillarda barcha davlat dasturlarining ustuvor yo‘nalishlari sifatida kiritib borilmoqda.

Tadbirda ichki ishlar organlari faxriylari ham so‘zga chiqib, xotin-qizlarni jamiyatda ulug‘lanayotganini e’tirof etishdi.

Faxriylar yig‘ilganlarga “Faxriy ustoz o‘giti” mavzusi doirasida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, kasb sirlarini puxta o‘zlashtirish, korrupsion holatlarga murosasiz bo‘lish, yoshlarga ustozlik qilish hamda favqulodda vaziyatlarda qanday yo‘l tutish borasida o‘z o‘gitlarini bildirishdi.  

So‘ngra, hafta mobaynida dunyodagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat yuzasidan boshqarma TQX Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi Mafkuraviy targ‘ibot bo‘limi boshlig‘i mayor Firdavs Muxammadiyev ma’ruza qildi.

 Yakunda navbatdagi maxsus unvonlar egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech